AK47 HAQIDAGI FILM SHARHI
Dimagem 72 views 2 hours ago 134 followers1941 yil, ikkinchi jahon urushi, sssr askarlari nemislarga qarshi jang maydonida. Nemislar kuchli qurollangan, hattoki tankga qarshi qurollari ham samarali ishlab, sssr tanklarini birin ketin yo’q qilayotgan edi. Tanklar orasida mihayil kalashnikov boshqarayotgan tank ham bo’lib, Nemislar uni o’qga tutishadi va tankni yo’q qilishadi…
Assalomu alaykum hurmatli huzatuvchilar. Bugun men sizlarga, Mihail Kalashnikov haqida suratga olingan filmning qisqacha sharhini aytib beraman. Miahail Kalashnikov asli qozog’istonlik oddiy dehqon yigit. U yoshligidan ixtirolarga va texnika juda qiziqadi yillar o’tib uni harbiy hizmatga chaqirishadi va urush boshlangach u ham urushga ketadi. 1941-yil jang maydoni, mihail boshqarayotgan tank nemislar tomonidan o’qqa tutiladi va yo’q qilinadi, tank ichidagi askarlar halok bo’lishadi, faqatgina bizning qahramonimiz mihail Kalashnikov omon qoladi. Mihail harbiy shifohonada o’ziga keladi. U yelkasidan jarohat olganligi tufayli uni jangga yaroqsiz deb topishadi va unga haarbiy tatil berib, uyiga yuborishadi. U uyiga qaytayotib orzulari haqida o’ylab qoladi va yarim yo’lda poyezddan tushib qoladi. U avval o’zi ishlagan zavodga keladi va u yerda aftamat ixtiro qilishi haqida zavod boshlig’iga aytadi lekin u bunga ruhasat bermaydi. Kalashnikov taslim bo’lmaydi va zavoddan foydalanish uchun ruxsat oladi. Ammo uning bir o’zi ko’p narsani eplay olaydi. Bir qo’li yaralangan va chizma ishlariga ham unchalik tushunmasdi. Mahailga zavod ishchilari yordam beradi. Ular bir necha kunda birinchi kalashnik qurolini yasashni uddalaydi. Ammo bu vaqtda ushbu qurol kalashnik deb atalmas edi. Mihail qurolini sinash uchun olma ota shahriga keladi. U yerda qurol ishlab chiqaruvchi zavodda qurolini takomillashtiradi va bu qurolni general tavsiyanomasi bilan sssr qurollar tanloviga Moskva shahriga yuborishadi. Mihail moskvaga kelladi. Qurollar tanlovida uning quroli yutqazadi, mihail yana olma ota shahriga qaytadi va endi plumot yaratishga kirishadi. U plemotni ham yaratadi, yana uni moskvaga tanlovga olib keladi. Bu safargi tanlovda hech kimning plemoti talabga javob bermaydi. Barchani qayta sinovga qoldirishadi. Mihail bundan jahli chiqdi va jahl ustida yana urushga qaytmoqchi bo’ladi lekin bunga doktor ruhsat bermaydi. Mihail yangi qurol chimasi ustida ishlayotgan vaqtida sssr urushda g’alaba qozongani haqida habar tarqaladi.
Oradan bir necha kun o’tgach, sssr o’z armiyasini yangi zamonaviy qurollar bilan jihozlash to’g’risida qaror qabul qiladi va bu mihail uchun yana bir imkoniyat bo’ladi. Mihail yangi qurolini yaratish uchun kavrof qurosozlik zavodiga boradi va u yerda kalashnik ak47 qurolini yaratadi. Bu qurol hatto urush vaqtida keng qo’llanilgan qurol yaratuvchisi Dikteryofni ham haron qoldiradi.
Mihail yana tanlovga keladi. Bu safar Kalashnik ak47 sssr qurollar tanlovida g’olib bo’ladi. Ushbu qurol uchun mihail Kalashnikov sssr prezidenti tomonidan medal bilan taqdirlanadi. Shunday qilib kalashnik o’q otar qurollari ommaviy ishlab chiqarila boshlanadi.
Ushbu film haqida qisqacha sharhimiz shulardan iborat, filmni to’liq holda ko’rmoqchi bo’lsangiz telegram kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin. Film haqida fikr mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring, sizlar bilan film sharhi kanali, bundanda qiziqarli va ajoyib filmlar sharhi hali oldinda.